Test o‘tkazish, skanerlash va Rasch modeli bo‘yicha baholash platformasi
RashScore o‘qituvchilar va o‘quv markazlariga qog‘ozdagi va onlayn testlarni bitta tizimda o‘tkazish imkonini beradi: varaqalar telefonda skanerlanadi, onlayn testlar belgilangan vaqtda ochiladi, natijalar Rasch modeli bo‘yicha baholanadi.
O‘qituvchilar uchun
Titul yaratish, javob varaqalarini telefonda skanerlash, onlayn test tuzish va har bir savol bo‘yicha tahlil.
O‘quv markazlari uchun
O‘qituvchilar, o‘quvchilar, testlar banki, tariflar va to‘lovlar bitta panelda; markazning ochiq sahifasi.
O‘quvchilar uchun
Markazlarga obuna, onlayn testlar, reyting, mashq to‘plamlari va sertifikatlar.
Testlar banki
Fan va mavzular bo‘yicha savollar, formulalar, jadvallar va grafiklar; Excel’dan import, Excel va Word’ga eksport.
Rasch baholash modeli
Savollar qiyinligi barcha javoblar asosida avtomatik hisoblanadi; natija 75 ballik shkalaga keltiriladi.